Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1385 marta o'qildi

Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin etmish yil davomida amal qiladi, agarda qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Muallifning vafotidan so‘ng 70 yil davomida muallifning mulkiy huquqlari merosxo‘r(lar)iga o‘tadi.

Muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘yicha o‘tadi.

Muallifning mulkiy huquqlariga quydagilar kiradi:
  • takrorlash huquqi;
  • tarqatish huquqi;
  • barchaning e’tiboriga etkazish huquqi;
  • prokatga berish huquqi;
  • import qilish huquqi;
  • kabelь orqali yuborish huquqi;
  • qayta ishlash huquqi;
  • omma oldida namoyish etish huquqi;
  • omma oldida ijro etish huquqi;
  • efirga uzatish huquqi;
  • tarjima qilish huquqi;
  • barchaning e’tiboriga takroran yuborish huquqi;
  • haq olish huquqi va boshqalar.

Asarlarga bo‘lgan mualliflik huquqining amal qilish muddatining tugashi ularning ijtimoiy mulkka aylanishini bildiradi. Ijtimoiy mulk bo‘lgan asarlardan har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak.

Shaxsiy nomulkiy huquqlarga muallifning  asarga bo‘lgan ma’naviy huquqlari kiradi: 

  • ya’ni o‘zining asari muallifi deb e’tirof etilishi;
  • asarni muallifning sha’ni va qadr-qimmati zarar etkazishi mumkin bo‘lgan har qanday tarzda buzib ko‘rsatilishidan himoya qilishi va boshqalar.

Muallif va uning merosxo‘rlari ko‘rsatilgan huquqlarni himoya qilishga haqlidir hamda ushbu huquqlar muddat bilan cheklanmaydi.

Chat