Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1370 marta o'qildi

Intellektual mulk ob’ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) intellektual faoliyat natijalari:

  • fan, adabiyot va san’at asarlari;
  • ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabelь orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari;
  • elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
  • selektsiya yutuqlari;
  • oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);

2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:

  • firma nomlari;
  • tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
  • geografik ko‘rsatkichlar;
  • tovarlar chiqarilgan joy nomi;

3) Fuqarolik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar.

Intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi.
Oshkor etilmagan axborotga huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan belgilanadi.

Ixtiroga patent olish

Chat