Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 871 marta o'qildi

Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va o‘zining faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa ega.

Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Firma nomiga bo‘lgan huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi.

Yuridik shaxsning firma nomi tegishli yuridik shaxslarni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo‘lgan darajada avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomga o‘xshab ketadigan bo‘lsa, u ro‘yxatga olinishi mumkin emas.

  • Yuridik shaxsning firma nomidan unga tegishli tovar belgisida foydalanilishi mumkin.
  • Yuridik shaxsning belgisi tariqasida O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan nomga bo‘lgan alohida huquq O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.

Chet davlatda ro‘yxatga olingan yoki umum e’tirof etgan nomga O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida huquq qonunda nazarda tutilgan hollardagina amal qiladi.

Firma nomiga bo‘lgan huquqning amal qilishi yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi o‘zgarishi bilan bekor bo‘ladi.

  • Yuridik shaxsning firma nomiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish va o‘tkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
  • Firma nomiga bo‘lgan huquq egasi boshqa shaxsga o‘zining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida iste’molchini chalg‘itib qo‘yishni istisno etuvchi choralar shart qilib qo‘yilishi lozim.

 Firma nomiga bo‘lgan huquqni himoya qilish usullari.

Intellektual mulk ob’ektlari

Chat