Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1096 marta o'qildi

O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga (selektsiya yutuqlariga) bo‘lgan huquqlar patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.

Selektsiya yutug‘iga patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda bunday patentni berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

Selektsiya yutug‘ining patent egasi bo‘lmagan muallifi selektsiya yutug‘idan foydalanganlik uchun patentning amal qilish muddati davomida patent egasidan haq olish huquqiga ega.

  • Selektsiya yutug‘i muallifiga to‘lanadigan haq miqdori va to‘lov shartlari u bilan patent egasi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilab qo‘yiladi.
  • Selektsiya yutug‘i patentining egasi selektsiya yutug‘idan qonunda belgilab qo‘yilgan doirada foydalanish bo‘yicha alohida huquqqa egadir.

Selektsiya yutug‘i patentining egasi o‘simlikning tegishli navi yoki hayvonlarning tegishli zotini patentning amal qilish muddati davomida ularni ro‘yxatga olish vaqtida tuzilgan nav yoki zot tavsifida aytib o‘tilgan belgilar saqlab qolinadigan tarzda asrashi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi selektsiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Agar urug‘lik, navning ko‘chat materiali yoki zotning nasl materiali patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida — kamida 1 yil oldin;
  • boshqa davlat hududida — kamida 4 yil yoki, agar tok, yog‘ochbop, manzarali, mevali daraxtlar va o‘rmon daraxtlarining navlariga taalluqli bo‘lsa, kamida olti yil oldin muallif, uning merosxo‘ri tomonidan yoxud ularning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaxslarga berilmagan bo‘lsa, yangilik hisoblanadi.  

Selektsiya yutuqlari (Xayvon zotlari) uchun davlat xizmatlari.

Chat