Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1513 marta o'qildi

Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov- kontrakt pullari to‘lab beriladi | UzReport.news

Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar etakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda tegishli tartibga muvofiq amalga oshiriladi (ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlar bundan mustasno).

Imtiyoz foydalanuvchilari:

1.Kam ta’minlangan oila farzandi

2."Mexribonlik uyi", Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro

3.Temir daftardagi oila farzandlari

4.Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan

5.ota-onasidanbirida I yoki II  guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

6.I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

7.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi

8.O‘ziga nisbatan vasiylik va xomiylik belgilangan yosh fuqaro

Imtiyozdan foydalanish tartibi:

1."Yoshlar daftari"ga kiritilgan kundan Vasiylik kengashiga shartnoma (kontrakt) nusxasini taqdim etgan holda ariza beradi.
2. Murojaat 3 ish kunida mahalladagi yoshlar etakchisiga yuboriladi.
3. Yoshlar etakchisi Vasiylik kengashiga 5 ish kuni ichida o‘z xulosalarini taqdim etadi.
4. Vasiylik kengashi qaror qabul qilingandan so‘ng 3 ish kuni ichida OTM hisobiga mablag‘ o‘tkaziladi

Chat