Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14970 marta o'qildi

 

Soliq imtiyozlari

2030-yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliqlardan, ijtimoiy soliq bundan mustasno, hamda yig‘imlardan ozod qilinadi.

Ushbu tashkilotlarda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod etiladi.

Soliq imtiyozi — qonunchilikda belgilangan tartibda soliq to‘lash majburiyatidan to‘liq yoki qisman ozod etish.

Bojxona imtiyozlari

2030-yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan ro‘yxatlar asosida olib kiriladigan quyidagi tovarlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi:

— zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;

— kompьyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;

— o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar;

— anjomlar va boshqa moddiy-texnik resurslar.

Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im to‘lanadi.

Xorijiy mutaxassislar uchun engilliklar

2025-yil 1 yanvardan nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy pedagogik faoliyat uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislarga «A-2» o‘qituvchilar kirish vizasi beriladi.

Shuningdek, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari jalb qilgan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma uchun yig‘im 30 BHMdan 1 BHMgacha kamaytirilgan.

A-2 vizasi — ta’lim tashkilotida pedagogik faoliyat olib borish uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassisga beriladigan kirish vizasi.

Chat