Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7127 marta o'qildi

⇒ DAVLAT DASTURI IJROSI: INSON HUQUQLARI BO‘YIChA MILLIY STRATEGIYa TASDIQLANDI

1. Huquqlar har kimga tug‘ilganidan tegishli

Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. Ular davlat tomonidan beriladigan vaqtinchalik imtiyoz emas.

2. Barcha qonun oldida teng

Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar.

3. Huquq va erkinliklar bevosita amal qiladi

Shaxs Konstitutsiyadagi huquqidan foydalanishi uchun albatta alohida qonun qabul qilinishini kutishi shart emas.

Inson huquqlari qonunlar va davlat organlari faoliyatining mazmunini belgilaydi.

4. Noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi

Inson bilan davlat organi o‘rtasidagi munosabatlarda qonunchilikda ziddiyat yoki noaniqlik mavjud bo‘lsa, u inson foydasiga talqin etiladi.

5. Huquqlarni cheklashga faqat qonun bilan yo‘l qo‘yiladi

Inson huquqlari faqat:

  • qonunga muvofiq;
  • konstitutsiyaviy tuzumni;
  • aholi sog‘lig‘ini;
  • ijtimoiy axloqni;
  • boshqa shaxslarning huquqlarini;
  • jamoat xavfsizligi va tartibini himoya qilish uchun;
  • zarur va mutanosib doirada cheklanishi mumkin.

Mutanosiblik printsipi — qo‘llaniladigan cheklov yoki huquqiy chora belgilangan maqsadga erishish uchun ortiqcha bo‘lmasligi kerakligi.

6. Sha’n va qadr-qimmat daxlsiz

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Qiynoq, zo‘ravonlik va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala taqiqlanadi.

7. Shaxsga doir ma’lumotlar himoya qilinadi

Har kim:

  • shaxsiga doir ma’lumotlar himoya qilinishini;
  • noto‘g‘ri ma’lumotlar tuzatilishini;
  • qonunga xilof to‘plangan ma’lumotlar yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

8. Har kim o‘z huquqini himoya qilishi mumkin

Shaxs:

  • davlat organiga;
  • yuqori turuvchi organga;
  • prokuraturaga;
  • Ombudsmanga;
  • sudga;
  • qonunda belgilangan boshqa organlarga murojaat qilishi mumkin.

Har kim o‘z huquqini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

9. Davlat organlari etkazgan zarar qoplanadi

Davlat organi yoki mansabdor shaxsning qonunga xilof qarori, harakati yoki harakatsizligi natijasida etkazilgan zarar davlat tomonidan qoplanishi kerak.

10. Xalqaro himoya organlariga murojaat qilish mumkin

Shaxs davlat ichidagi barcha huquqiy himoya vositalaridan foydalanib bo‘lganidan keyin O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilish huquqiga ega.

Chat