Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4850 marta o'qildi

Professiya Advokat: kto eto, zarplata, gde uchitьsya i rabotatь

Kim advokat bo‘lishi mumkin?

O‘zbekistonda:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan;
  • oliy yuridik ma’lumotga ega;
  • advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan shaxs advokat bo‘lishi mumkin.

Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatlik faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi.

Advokat bo‘lish uchun stajirovka shartmi?

Qoida tariqasida, talabgor advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o‘tashi va malaka imtihonini topshirishi kerak.

Biroq quyidagi lavozimlarda yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega shaxslar stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishi mumkin:

  • davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat muassasa va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari;
  • sudьyalar;
  • tergovchilar;
  • surishtiruvchilar;
  • prokurorlar.

Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor uni qayta topshirishga kamida 6 oydan keyin qo‘yiladi.

Litsenziya qanday olinadi?

Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida murojaat qilishi kerak.

Ariza «Litsenziya» axborot tizimi yoki YaIDXP orqali elektron shaklda beriladi. Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 50 foizi, litsenziya berilganda esa 1 BHM miqdorida davlat boji undiriladi. Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekistonning butun hududida amal qiladi.

Qachon shaxs advokat maqomini oladi?

Litsenziya olgan talabgor 3 oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi hamda advokatlik tuzilmasini tashkil etishi yoki faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirishi kerak.

Tegishli hujjatlar adliya organiga kelib tushgandan keyin advokatlik guvohnomasi 2 ish kuni ichida beriladi.

Shaxs aynan advokatlik guvohnomasi berilgan kundan advokat maqomini oladi va Advokatlar palatasining a’zosi bo‘ladi.

Advokat boshqa haq to‘lanadigan ishda ishlashi mumkinmi?

Advokatga, qoida tariqasida, boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo qonunda quyidagi istisnolar belgilangan:

  • ilmiy va pedagogik faoliyat;
  • Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;
  • patent vakili yoki mediatorlik;
  • shartnoma asosida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat muassasa va tashkilotlarining yuridik xizmatida ishlash;
  • hakamlik sudi yoki xalqaro tijorat arbitrajida sudьyalik;
  • tegishli ixtisoslikda litsenziyasi bo‘lsa, sud boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish.

Eslatma: oliy yuridik ma’lumotning o‘zi advokat sifatida ishlash huquqini bermaydi. Talabgor qonunda belgilangan malaka jarayonidan o‘tishi, litsenziya va advokatlik guvohnomasini olishi kerak.

Chat