
Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabulning birinchi bosqichida abiturientlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar, shu jumladan 25-iyunь kuni ham, test sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Kirish imtihonlari iyulь–avgust oylarida o‘tkaziladi.
Abiturient:
Abiturient Davlat xizmatlari markaziga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar murojaat qilishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi orqali ro‘yxatdan o‘tgan abiturient test sinovini markazga murojaat qilgan hududda, onlayn murojaat qilgan abiturient esa arizada ko‘rsatgan hududda topshiradi.
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida abiturient:
Agar yo‘nalishda kasbiy yoki ijodiy imtihon mavjud bo‘lsa, abiturient ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini ham tanlaydi.
Muhim: birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat yo‘nalishi va ta’lim shakli yakuniy tanlanmaydi. Bu tanlov test sinovlari to‘liq yakunlanganidan keyin 15 kun davomida amalga oshiriladi.
Abiturient testda to‘plagan balidan kelib chiqib:
Oliy ta’lim muassasasi va yo‘nalishni belgilangan muddatda tanlamagan abiturient yakuniy tanlovda ishtirok etmaydi.