
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, abituriyentlarning Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etmaganligi, shuningdek davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tegishli Reglamentning 11-bandida nazarda tutilgan to‘lovni to‘lanmasligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.