Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3140 marta o'qildi

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima bilan birga jarima ballari ham hisoblanishi mumkin. Ballar YHXXning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi «E-jarimaball» moduli orqali inson omilisiz hisoblanadi.

Muhim! Jarima ballining hisoblanishi haydovchini qoidabuzarlik uchun belgilangan asosiy jarimani to‘lashdan ozod qilmaydi.

Jarima ballarini tekshirish

Haydovchi o‘ziga hisoblangan jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni:

orqali tekshirishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun OneID orqali shaxsiy kabinetga kirish talab etilishi mumkin. Tizimda umumiy ball, qoidabuzarlik sanasi va ball hisoblashga asos bo‘lgan qaror haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Jarima ballari qaysi davr uchun hisoblanadi

Jarima ballari haydovchi ball nazarda tutilgan birinchi qoidabuzarlikni sodir etgan kundan boshlab keyingi yilning shu kuniga qadar hisoblanadi.

Agar ushbu davrda umumiy jarima ballari 12 ballga etmasa, to‘plangan ballar keyingi hisoblash davriga o‘tkazilmaydi va hisob yangidan boshlanadi.

Haydovchining ballari 8 ballga etganda, uning mobilь telefon raqamiga avtomatik ravishda SMS-xabar yuboriladi.

12 balldan oshgandagi oqibatlar

Bir yillik hisoblash davrida umumiy jarima ballari 12 balldan oshsa, haydovchiga ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman yoki shahar sudiga avtomatik ravishda yuboriladi.

Sud haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan kamida 6 oy muddatga mahrum qilishi mumkin.

Muhim! Haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish avtomatik ravishda emas, balki sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Jarima ballarining kamaytirilishi

Agar haydovchi oxirgi jarima balli hisoblangan vaqtdan boshlab 6 oy davomida ball hisoblanadigan boshqa qoidabuzarlikni sodir etmasa, uning umumiy ballaridan 2 ball chegiriladi.

Umumiy ball 2 balldan kam bo‘lsa, barcha ballar chiqarib tashlanadi va hisoblash davri yangidan boshlanadi.

Shuningdek, 12 oy davomida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchiga keyingi hisoblash davrida birinchi marta sodir etilgan qoidabuzarlik uchun jarima balli hisoblanmaydi. Biroq haydovchi asosiy jarimadan ozod etilmaydi.

Ballar noto‘g‘ri hisoblanganda

Texnik xatolik yuz bergan, ballar belgilangan tartib buzilgan holda hisoblangan yoki qoidabuzarlikni boshqa shaxs sodir etgan bo‘lsa, haydovchi YHXXning tegishli bo‘linmasiga murojaat qilishi mumkin.

YHXX qaroriga rozi bo‘lmagan shaxs yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Qoidabuzarlik to‘g‘risidagi qaror bekor qilinsa, tegishli jarima balli avtomatik ravishda hisobdan chiqariladi.

Jarima ballarini hisoblash tartibi va ballar miqdori Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 296-son qarorida belgilangan.

Chat