Milliy haydovchilik guvohnomasi yo‘qolganda uning o‘rniga yangi guvohnoma olish mumkin. Buning uchun qaytadan haydovchilik imtihonlarini topshirish talab etilmaydi, agar shaxsning transport vositasini boshqarish huquqi axborot tizimida tasdiqlansa.
Ariza beruvchi quyidagi usullardan biri orqali murojaat qilishi mumkin:
Shaxsan murojaat qilinganda so‘rovnomani YHXX yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan elektron shaklda to‘ldiradi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma mustaqil ravishda to‘ldiriladi.
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi yo‘qolganda, qoida tariqasida, elektron so‘rovnomani to‘ldirish etarli.
Agar yo‘qolgan hujjat eski namunada bo‘lsa, eski guvohnoma yoki uning talonining old va orqa tomoni surati mavjud bo‘lgan taqdirda so‘rovnomaga ilova qilinishi mumkin.
Ariza beruvchi yangi hujjatni rasmiylashtirishda ID-karta yoki biometrik pasportdagi raqamli surati va biometrik ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin. Zarur holda YHXX yoki Davlat xizmatlari markazida suratga tushish mumkin.
Tizimda ariza beruvchining:
Ma’lumotlar tasdiqlansa, ariza beruvchiga to‘lov invoysi taqdim etiladi.
Agar yo‘qolgan guvohnoma haqidagi ma’lumotlar axborot tizimida aniqlanmasa, fuqaro YHXX organiga umumiy tartibda murojaat qilishi kerak.
Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi namunadagi guvohnoma berish uchun 1 BHM miqdorida to‘lov undiriladi.
2026-yil 31-avgustga qadar to‘lov — 412 000 so‘m.
Prezidentning 2026-yil 23-iyundagi PF–115-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1 sentyabrdan BHM 440 000 so‘m bo‘lishi sababli to‘lov 440 000 so‘mni tashkil etadi.
Pochta orqali etkazib berish tanlansa, pochta xizmati haqi alohida to‘lanadi.
Muhim! Guvohnomani oddiy almashtirish uchun 0,7 BHM, yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga yangisini berish uchun esa 1 BHM undiriladi.
So‘rovnoma YHXX yoki Davlat xizmatlari markaziga kelib tushganidan keyin 2 ish soati ichida ko‘rib chiqiladi.
Tayyor guvohnomani:
Pochta orqali etkazib berish Toshkent shahri va viloyat markazlarida 1 ish kuni, boshqa hududlarda 2 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Quyidagi holatlarda yangi guvohnoma berish rad etilishi mumkin:
Boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi. Kamchiliklar bartaraf etilsa, rad javobi olingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida qo‘shimcha yig‘im to‘lamasdan takroran murojaat qilish mumkin.
Tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda belgilangan.