
__________ shahri (tumani)
20__ yil «___» __________
№ ______
Keyingi o‘rinlarda «Boshqarish organi» deb yuritiladigan ____________________________, rahbari ____________________________ nomidan, bir tomondan, hamda keyingi o‘rinlarda «Mulkdor» deb yuritiladigan ____________________________, ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar.
1.1. Boshqarish organi Mulkdorning topshirig‘iga ko‘ra ____________________________ manzilidagi ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini boshqarish, saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
1.2. Umumiy mol-mulk tarkibiga tom, fasad, erto‘la, kirish yo‘laklari, zinapoyalar, liftlar, umumiy muhandislik tarmoqlari, texnik xonalar hamda uyga tutash er uchastkasi kiradi.
1.3. Xizmatlar ro‘yxati mulkdorlar umumiy yig‘ilishining 20__ yil «___» __________dagi ___-son bayonnomasi asosida belgilanadi.
2.1. Umumiy mol-mulkni texnik, sanitariya va xavfsizlik talablariga muvofiq saqlash.
2.2. Umumiy mol-mulkni muntazam ko‘zdan kechirish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.
2.3. Kirish yo‘laklari va lift xonalarini belgilangan davriylikda tozalash.
2.4. Umumiy muhandislik tarmoqlari va uskunalarining sozligini ta’minlash.
2.5. Kecha-kunduz ishlovchi avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil qilish.
2.6. Yillik ishlar rejasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda ularning ijrosi haqida hisobot tayyorlash.
2.7. Mulkdorga bajarilgan ishlar, ularning qiymati va to‘lovlar hisob-kitobi haqida axborot berish.
2.8. Mulkdorlarning mablag‘laridan faqat tasdiqlangan smeta va umumiy yig‘ilish qarorlariga muvofiq foydalanish.
3.1. Mulkdor xizmatlar sifati, bajarilgan ishlar, smeta, dalolatnoma, shartnoma va to‘lov hujjatlari bilan tanishish huquqiga ega.
3.2. Mulkdor umumiy yig‘ilishda ishtirok etish, taklif kiritish va boshqarish organining hisobotini talab qilish huquqiga ega.
3.3. Mulkdor belgilangan majburiy badal yoki to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiradi.
3.4. Mulkdor umumiy mol-mulkka zarar etkazmasligi, muhandislik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan aralashmasligi va avariya holatida tegishli xizmat vakillarining kirishini ta’minlashi shart.
4.1. Majburiy to‘lov miqdori umumiy yig‘ilishning 20__ yil «___» __________dagi qaroriga muvofiq bir kvadrat metr uchun _________ so‘m etib belgilanadi.
4.2. Mulkdorga tegishli joyning umumiy maydoni ______ kv. metr bo‘lib, oylik to‘lov _________ so‘mni tashkil etadi.
4.3. To‘lov har oyning «___» sanasiga qadar ____________________________ usulida amalga oshiriladi.
4.4. Qo‘shimcha ishlar faqat umumiy yig‘ilish qarori yoki taraflarning alohida yozma kelishuvi asosida bajariladi.
5.1. Boshqarish organi oldingi yilda shartnoma bajarilganligi haqida har yili mulkdorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot beradi.
5.2. Mulkdor yozma so‘rov asosida o‘z huquqlariga taalluqli hujjatlar bilan tanishishi mumkin.
5.3. Bajarilgan ishlar zarur hollarda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
6.1. Taraflar shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonunchilik va ushbu shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladi.
6.2. Boshqarish organi o‘z aybi bilan umumiy mol-mulk yoki Mulkdorning mol-mulkiga etkazilgan zarar uchun javob beradi.
6.3. Nizolar muzokara va talabnoma tartibida, kelishuvga erishilmasa sudda hal qilinadi.
7.1. Shartnoma 20__ yil «___» _____dan 20 yil «» __________ga qadar amal qiladi.
7.2. Shartnoma kamida bir yil, ko‘pi bilan besh yilga tuziladi.
7.3. Muddat tugaguniga qadar taraflardan biri shartnomani tugatish haqida bildirmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddat va shartlar asosida uzaytiriladi.
7.4. Boshqarish organi shartnoma shartlarini bajarmasa, mulkdorlar umumiy yig‘ilish qarori asosida shartnomani bajarishdan bir tomonlama voz kechishi mumkin.
Boshqarish organi:
Nomi: ____________________________
Manzili: _________________________
STIR: ____________________________
Hisob raqami: ____________________
Telefon: _________________________
Imzo: ____________________________
Mulkdor:
F.I.O.: __________________________
Manzili: _________________________
JShShIR: __________________________
Telefon: _________________________
Imzo: ____________________________
Eslatma: mazkur namuna umumiy xususiyatga ega. Xizmatlar ro‘yxati, to‘lov miqdori, avariya buyurtmalarini bajarish muddatlari va hisobot shakli muayyan uy bo‘yicha umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq to‘ldirilishi kerak.
Shartnomaning majburiy shartlari «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasi asosida belgilangan.