Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6899 marta o'qildi
Yagona identifikatsiya tizimi - ONE IDda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma 

OneID nima?

OneID — davlat organlarining axborot tizimlari va elektron davlat xizmatlaridan bitta hisob yozuvi orqali foydalanish imkonini beruvchi Yagona identifikatsiya tizimi.

OneID orqali foydalanuvchi my.gov.uz portali va tizimga ulangan boshqa davlat axborot resurslariga kirishi mumkin.

OneIDda qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

Jismoniy shaxs OneIDda ro‘yxatdan o‘tish uchun:

  • id.egov.uz saytiga kiradi;
  • «Ro‘yxatdan o‘tish» bo‘limini tanlaydi;
  • JShShIR, pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritadi;
  • o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamini ko‘rsatadi;
  • SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini kiritadi;
  • login va mustahkam parolь yaratadi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida kiritilgan ma’lumotlar davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi.

Hisob yozuvini qanday tasdiqlash mumkin?

Ayrim elektron xizmatlardan foydalanish uchun hisob yozuvini qo‘shimcha tasdiqlash talab qilinishi mumkin.

Tasdiqlash:

  • mobil identifikatsiya;
  • elektron raqamli imzo;
  • tizimda mavjud boshqa identifikatsiya usullari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Xavfsizlik qoidalari

OneID logini, paroli va SMS-kodni boshqa shaxslarga bermang.

Davlat organlari xodimlari telefon orqali OneID paroli yoki SMS-kodni so‘ramaydi.

Yagona identifikatsiya tizimi

Normativ hujjatlar

OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha rasmiy yo‘riqnoma

OneIDning rasmiy yo‘riqnomasi my.gov.uz portalida ham e’lon qilingan.

Chat