Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3343 marta o'qildi

Sug‘urtani onlayn rasmiylashtirish mumkinmi?

Avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisini sug‘urta tashkilotlarining elektron xizmatlari orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin.

Elektron sug‘urta polisi — sug‘urta shartnomasi tuzilganini tasdiqlovchi elektron hujjat.

Qanday ma’lumotlar kerak bo‘ladi?

Odatda quyidagilar talab etiladi:

  • transport vositasining davlat raqami;
  • transport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi guvohnoma ma’lumotlari;
  • mulkdor yoki haydovchining shaxsiy ma’lumotlari;
  • sug‘urta muddati;
  • polisga kiritiladigan haydovchilar haqidagi ma’lumotlar.

Ma’lumotlar tekshirilgandan keyin sug‘urta mukofoti to‘lanadi va elektron polis rasmiylashtiriladi.

Polisni qanday tekshirish mumkin?

Elektron polis rasmiylashtirilgandan keyin uning raqami va amal qilish muddatini saqlab qo‘yish kerak.

my.gov.uz portalida transport vositasi haqidagi ma’lumotlar qatorida sug‘urta polisi haqidagi ma’lumotlarni ham tekshirish imkoni mavjud.

Nimalarga e’tibor berish kerak?

To‘lovdan oldin:

  • sug‘urta tashkilotining litsenziyasini;
  • transport vositasi ma’lumotlarini;
  • sug‘urta muddatini;
  • sug‘urta mukofoti miqdorini;
  • haydovchilar ro‘yxatini tekshirish lozim.

Avtotransport vositasi haqidagi ma’lumotlarni tekshirish

Chat