Elektron raqamli imzo nima?
Elektron raqamli imzo — ERI — elektron hujjatni imzolagan shaxsni aniqlash va hujjat o‘zgartirilmaganini tasdiqlash imkonini beruvchi elektron rekvizit.
ERI elektron davlat xizmatlaridan foydalanish, elektron hujjatlarni imzolash va ayrim axborot tizimlarida shaxsni tasdiqlash uchun qo‘llaniladi.
ERIni onlayn qanday olish mumkin?
Jismoniy shaxs:
- my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘tadi;
- ERI olish xizmatini tanlaydi;
- telefon raqami va so‘ralgan ma’lumotlarni kiritadi;
- biometrik identifikatsiyadan o‘tadi;
- ERI kaliti uchun parolь belgilaydi;
- belgilangan yig‘imni to‘laydi;
- tayyor ERI kaliti yoki sertifikatini oladi.
Yangi xizmatda biometrik identifikatsiya MyID orqali QR-kodni skanerlash yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Xizmat pullimi?
Jismoniy shaxslar uchun ERI berishda belgilangan yig‘im undiriladi. Yig‘im miqdori o‘zgarishi mumkin, shuning uchun amaldagi summani xizmat sahifasidan tekshirish kerak.
ERIni qanday himoya qilish kerak?
- ERI kalitini boshqa shaxsga bermang;
- kalit parolini oshkor qilmang;
- kalitni ochiq kompьyuterda saqlamang;
- kalit yo‘qolsa yoki undan boshqa shaxs foydalangan bo‘lsa, sertifikatni bekor qilish choralarini ko‘ring.
Elektron raqamli imzo olish