Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21936 marta o'qildi

Ruxsatnoma qachon talab etiladi?

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonni tabiiy muhitdan olish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi.

Ruxsatnoma jismoniy va yuridik shaxslarga joriy yil uchun tasdiqlangan kvotalar doirasida beriladi.

Arizada qanday ma’lumotlar ko‘rsatiladi?

Arizada, jumladan:

  • talabgor haqidagi ma’lumotlar;
  • olinishi rejalashtirilayotgan yovvoyi hayvon turi;
  • foydalanish maqsadi;
  • hayvonni olish muddati va joyi;
  • olish usuli;
  • tirik hayvon tutiladigan bo‘lsa, uni saqlash sharoitlari ko‘rsatiladi.

Ov qilish bilan bog‘liq hollarda qonunchilikdagi ovchilik talablariga ham rioya qilinishi shart.

Arizani ko‘rib chiqish uchun qancha to‘lanadi?

Arizani ko‘rib chiqish uchun:

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxsdan — BHMning 10 foizi;
  • yuridik shaxsdan — BHMning 20 foizi;
  • xorijiy fuqarodan — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Hayvonni tabiiy muhitdan olish uchun to‘lov esa uning turiga qarab «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan stavkalar asosida hisoblanadi.

Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kuni.

Ruxsatnoma berish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishiladi. Kelishish uchun 5 ish kuni belgilangan.

Ruxsatnoma har qanday miqdorda hayvon olishga imkon beradimi?

Yo‘q. Ruxsatnoma faqat joriy yil uchun belgilangan kvota, ruxsatnomadagi tur, soni, joyi, muddati va boshqa shartlar doirasida amal qiladi.

Eslatma: Qizil kitobga kiritilgan hayvonni tabiiy muhitdan ruxsatnomasiz olish mumkin emas. Ruxsatnoma berilgan taqdirda ham unda belgilangan kvota va shartlardan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat