Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16884 marta o'qildi

Kim murojaat qilishi mumkin?

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt yoki butani kesish yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ko‘chirib o‘tkazish zarurati bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishi mumkin.

Ariza elektron tarzda «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

Arizani ko‘rib chiqish qancha turadi?

Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.

Ruxsatnoma berilganda daraxt yoki butaning turi va o‘lchamlariga qarab belgilangan stavkalar asosida alohida to‘lov hisoblanishi mumkin.

Ariza qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kuni.

Daraxtni kesish masalasi ko‘rib chiqilganda uni saqlab qolish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati ham baholanadi.

Shoxlarni butash uchun ham ruxsatnoma kerakmi?

Daraxt va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butash uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Biroq daraxtning tanasini yoki tag qismini butunlay kesish shoxlarni oddiy sanitariya tartibida butashdan farq qiladi va qonunchilikda belgilangan tartibga rioya qilishni talab etadi.

Kesilgan daraxt o‘rniga ko‘chat ekish kerakmi?

Ha. Ruxsatnoma asosida kesilgan har bir daraxt yoki buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup yirik o‘lchamli, qimmatliligi kesilgan o‘simlikdan kam bo‘lmagan ko‘chat ekish va ularni kamida 2 yil parvarish qilish talab etiladi.

Ruxsatnoma asosida ko‘chirib o‘tkazilgan har bir daraxt va buta esa 3 yil davomida parvarish qilinishi kerak.

Eslatma: arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan 30 foiz BHM yig‘imi ruxsatnoma asosida kesish uchun hisoblanishi mumkin bo‘lgan boshqa to‘lovlardan alohida hisoblanadi.

Chat