Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5669 marta o'qildi

 

Yo‘nalishsiz taksi faoliyatini kim amalga oshiradi

Yo‘nalishsiz taksi faoliyati:

  • yuridik shaxslar;
  • o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Har bir transport vositasiga litsenziya varaqasi olinishi shart. Litsenziya yoki u bilan bog‘liq huquqni boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.

Avtomobilga qo‘yiladigan talablar

Yo‘nalishsiz taksi:

  • texnik jihatdan soz bo‘lishi;
  • «TAXI» tashqi taniqlik belgisiga ega bo‘lishi;
  • salonda yo‘lovchi o‘qiy oladigan taksi pasporti joylashtirilishi;
  • agregator yoki boshqa elektron to‘lov tizimi orqali to‘lov qabul qilish imkoniga ega bo‘lishi;
  • taksometr funktsiyasini bajaradigan maxsus ilova o‘rnatilgan telefon yoki boshqa qurilma bilan ta’minlanishi;
  • tashuvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta qilingan bo‘lishi kerak.

Shahar yo‘nalishlarida avtomobildan foydalanish muddati 15 yildan oshmasligi lozim.

«Damas» va shu turdagi vagon tipidagi transport vositasida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchi tashish taqiqlanadi.

Haydovchiga qo‘yiladigan talablar

Yo‘nalishsiz taksi haydovchisi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • kamida 21 yoshda;
  • «B» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega;
  • kamida 3 yillik haydovchilik stajiga ega;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

O‘zini o‘zi band qilgan haydovchi avtomobilni yiliga bir marta texnik ko‘rikdan, o‘zi esa yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi shart.

Faoliyat litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud va unga tutash hududda amalga oshiriladi.

Taksilarga berilgan ayrim huquqlar

Yagona taniqlik belgilari bilan jihozlangan taksiga yo‘lovchini olish yoki tushirish maqsadida «To‘xtash taqiqlangan» belgisi hududida qisqa muddat to‘xtashga ruxsat beriladi.

Yuridik shaxsga tegishli, belgilangan tartibda jihozlangan taksilarga qonunchilikda ko‘rsatilgan shartlarda maxsus avtobus yo‘lagidan harakatlanish va ayrim pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchi olish yoki tushirish uchun bepul kirish huquqi berilgan.

Chat