Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3851 marta o'qildi

Ma’muriy ishni rasmiylashtirish

Yo‘l harakati qoidabuzarligi, odatda, maxsus dastur o‘rnatilgan mobilь qurilma yoki kompьyuter orqali «E-maʼmuriy ish» axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Qoidabuzarlik keyinchalik aniqlansa, ish jabrlanuvchining arizasi asosida qo‘zg‘atilsa, aloqa tarmog‘i mavjud bo‘lmasa yoki ishni qog‘ozda shakllantirish zarur bo‘lsa, hujjatlar qog‘oz shaklida tuziladi va o‘sha kuni PDF shaklida tizimga kiritiladi.

Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchidan hodisa joyida jarima pulini naqd shaklda undirish qat’iyan taqiqlanadi.

Avtomatik kamera orqali qayd etilgan huquqbuzarlik

Qoidabuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalari orqali qayd etilganda:

  • ma’muriy bayonnoma tuzilmaydi;
  • qaror huquqbuzarning ishtirokisiz chiqariladi;
  • javobgarlik, odatda, transport vositasining mulkdoriga yuklatiladi;
  • yuridik shaxs transport vositasidagi qoidabuzarlik uchun undan foydalanishga mas’ul shaxs javob beradi.

Tezlikni oshirishni rasmiylashtirish

Tezlikni oshirish qayd etilganda o‘lchov uskunasi va transport vositasi spidometridagi ehtimoliy xatolar hisobga olinadi. Ma’muriy jazo qo‘llashda qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegiriladi.

Hujjatda ruxsat etilgan tezlik va qayd etilgan tezlik aniq ko‘rsatilishi kerak. Shaxs bayonnoma mazmuniga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlari va tushuntirishlarini unga kiritish huquqiga ega.

Qaror ustidan shikoyat berish

Ma’muriy jazo to‘g‘risidagi qarordan norozi shaxs qaror nusxasini olgan kundan boshlab 10 kun ichida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin. Uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddat tasdiqlovchi hujjatlar asosida tiklanishi mumkin.

Chat