YTHga daxldor haydovchi:
Agar avtomobillar harakatga to‘sqinlik qilsa, ularning joylashuvi, izlar va buyumlar oldindan guvohlar ishtirokida hamda foto yoki video orqali qayd etiladi. Shundan keyingina qatnov qismi bo‘shatilishi mumkin.
Agar evroprotokol shartlaridan birortasi bajarilmasa:
Hujjatlarni imzolashdan oldin sxema, avtomobillarning joylashuvi va barcha tashqi hamda ehtimoliy yashirin shikastlar to‘g‘ri qayd etilganini tekshirish kerak.
Ichki ishlar organi xodimisiz YTH to‘g‘risidagi xabarnoma tuzish uchun quyidagi shartlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo‘lishi kerak:
Muhim: ushbu shartlardan bittasi mavjud bo‘lmasa, evroprotokol tuzmasdan 102 ga xabar berish kerak.
Haydovchilar hodisa joyida darhol YTH to‘g‘risidagi xabarnomani ikki nusxada tuzadi.
Quyidagilar qayd etiladi:
Xabarnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 4 soat ichida har ikki haydovchi mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerak.
Xabarnoma va unga ilova qilinadigan materiallar sug‘urtalovchiga 3 ish kuni ichida yuboriladi. Uni sug‘urtalovchining mobilь ilovasi orqali elektron shaklda yuborish mumkin.
2026-yildan jabrlanuvchi o‘z sug‘urtalovchisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yoki aybdor tarafning sug‘urtalovchisiga tovon to‘lash haqida ariza berishni tanlashi mumkin.
Sug‘urtalovchi ko‘rik yoki ekspertiza o‘tkazishi mumkin. Uning so‘rovi olinsa, transport vositasi 3 ish kuni ichida taqdim etiladi.
Sug‘urtalovchining yozma roziligisiz yoki tovon to‘lash yoxud rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar avtomobilni ta’mirlash yoki utilizatsiya qilish mumkin emas.
Sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni murojaatdan keyin, qoida tariqasida, 5 ish kuni ichida ko‘rikdan o‘tkazishi kerak.
Sug‘urtalovchi ariza va zarur hujjatlar olinganidan keyin 15 kundan kechikmay tovon to‘lash yoki rad etish haqida qaror qabul qilishi kerak.
To‘lov haqida qaror qabul qilinsa, tovon 5 ish kunidan kechikmay to‘lanadi.
Aybdor transportning sug‘urtasi bo‘lmasa yoki zarar etkazgan transport egasi noma’lum bo‘lsa, qonunda nazarda tutilgan hollarda To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kompensatsiya uchun murojaat qilish mumkin.
Haydovchining majburiyatlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalari, evroprotokol va sug‘urta tovoni tartibi esa «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilangan.