Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Mazkur Nizomda Davlat xizmatlari yagona reestrini yuritish tartibi belgilandi.
Davlat xizmatlari yagona reestri Adliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Davlat xizmatlari yagona reestri “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi.
Davlat xizmatlari yagona reestrida har bir davlat xizmatining pasporti yuritiladi.
Davlat xizmatini Davlat xizmatlari yagona reestriga kiritish va undan chiqarish, davlat xizmati ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish davlat xizmati ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari yagona reestridagi ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq hisoblanadi.