Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Mazkur Nizomda xorijdan olib kelinadigan «ko‘z shox pardasi» bioprotezlarini davlat tibbiyot muassasalarida qo‘llash tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra, transplantatsiya amaliyotida foydalaniladigan «ko‘z shox pardasi» bioprotezlari faqat Vazirlar Mahkamasining 333-son qarorida ko‘rsatilgan davlat tibbiyot muassasalarida qo‘llanadi.
Ushbu bioprotezlarini tashishda davlat tibbiyot muassasasining 1 nafar tibbiyot xodimi mas’ul hisoblanadi.
Xorijdan olib kelingan bioprotezlar 12 soat ichida davlat tibbiyot muassasalariga etkazilishi shart.
Bioprotezlarni tashish faqat maxsus sovutish uskunalarida (konteynerlarda) belgilangan haroratda amalga oshiriladi;
Ular davlat tibbiyot muassasalaridagi maxsus muzlatkichlarda 14 kundan oshmagan muddatda saqlanadi.