Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 145 marta o'qildi
“O‘zbek-Frantsuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–354-son, 26.11.2025-y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, O‘zbek-Frantsuz universiteti tashkil etiladi.

Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Frantsiya universitetlari konsortsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.

Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.

Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Frantsiya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsortsium tarkibiga kirgan tegishli Frantsiya universitetining diplomi beriladi. 

Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.

Chat