Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
► O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin etkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish –
▪️ ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, –
➖ BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari “Alkogolь va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.