Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Qarorga ko‘ra, 2026–2030-yillarda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
► moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarga 1 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
► moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilar sonini kamida 200 taga etkazish.
Markaziy bank huzurida quyidagilar tashkil etiladi:
► MChJ shaklida ustav jamg‘armasi 50 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur fondi;
► moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab.
2026-yil 1 yanvardan innovatsion xab ishtirokchilariga moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha kurslarda o‘qish va sertifikat olish bilan xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq 20 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
2026-yildan har yili Markaziy bank tomonidan moliyaviy texnologiyalar sohasida xalqaro forumlar tashkil etiladi.