Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 52 marta o'qildi

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1 sentyabrgacha banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan “ochiq banking” tizimi joriy etiladi.

✔️ 2026-yil 1 yanvardan to‘lov vositasi sifatida barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi. Bunda:

► ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasi asosida faoliyat yurituvchi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladi; 

► “tartibga solish qumdoni” rejimini joriy qilish tartibi va uning amal qilish muddati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi.

2026-yil 1 yanvardan:

▪️ O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tokenlashtirilgan aktsiya va obligatsiyalarni emissiya qilishga ruxsat beriladi;

▪️ O‘zbekiston hududida birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan fond birjalarida tokenlashtirilgan aktsiya va obligatsiyalarni joylashtirish hamda ularning muomalada bo‘lishi uchun alohida savdo maydonchasi tashkil etiladi.

Chat