Mazkur idoraviy hujjat bilan 6 ta yo‘nalish doirasidagi 31 ta mezon bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 163 ta indikator belgilab berilmoqda.
Unga ko‘ra, 8 ta (4.9 %) majburiy indikatorlar (mas’ul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o‘quv xonalari bilan ta’minlanganlik va b.) hamda 155 ta (95.1 %) umumiy indikatorlar (fan mazmuniga mos (xorijiy) adabiyotlardan foydalanish, talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, sport zali (sport maydonchalar) mavjudligi va b.) mavjud bo‘lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.
Bunda:
▪️ 50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;
▪️ 50 % dan 60 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 60 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.
Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.