Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
✅ Mazkur qarorning asosiy maqsadi 2030-yilgacha temir yo‘l transportida mahalliy yo‘nalishlarda yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichini 10,5 mln nafardan 23,5 mln nafarga, elektropoezdlar qatnovi tashkil etilgan yo‘nalishlar sonini 40 tadan 53 taga etkazish etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ustuvor vazifalari etib belgilandi, jumladan:
► uzunligi 465 km bo‘lgan va elektrlashtirish ishlari yakunlangan “Buxoro–Xiva” temir yo‘l liniyasi orqali 2026-yildan boshlab Toshkent–Urganch–Xiva yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlar qatnovini tashkil etish;
► uzunligi 196 km bo‘lgan “Miskin–Nukus” temir yo‘lini elektrlashtirish ishlarini 2026-yil yakuniga qadar tugatib, ushbu yo‘nalishlarda yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlar qatnovini tashkil etish;
► Angren-Pop hamda Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on temir yo‘l uchastkalarini modernizatsiya qilgan holda 2030-yilgacha Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlariga tezyurar elektropoezdlar qatnovlarini.