Nizomga ko‘ra, 2025-yil 27-maydagi PQ–193-son qarorga muvofiq “O‘zbekekspertiza” AJ (vakolatli organ) tomonidan mebelь va yog‘ochsozlik mahsulotlari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha to‘lov undirilmasdan ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
✔️ “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qilish muddati davomida 1-marta qoplab beriladi.
Vakolatli organ mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilib berishi uchun Kompaniyaga har hafta yakuni bilan tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan reestrni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Bunda vakolatli organ tomonidan reestr Kompaniyaga elektron platforma (subsidiya.epauzb.uz) orqali yuboriladi.
Vakolatli organning kompensatsiya olish bo‘yicha murojaati Kompaniya tomonidan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 7 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.