Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2350 marta o'qildi

“Ko‘p kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–73-son, 24.02.2026-y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan 2028-yil 1-martga qadar eksperiment tariqasida belgilangan er uchastkalarida ko‘p kvartirali uylarni kompleks qurilish mexanizmlari asosida qurishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–29-son Farmoniga (https://t.me/huquqiyaxborot/19480) muvofiq tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari tegishli hududlarda kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot sifatida faoliyat yuritadi.

✅ Hududlarda yashil bog‘lar, ekopark va xiyobonlarni barpo etish Investitsiya kompaniyalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, bunda:

► mazkur maqsadlar uchun tegishli hududlarda davlat mulki ob’ektlari va er uchastkalarini sotishdan mahalliy byudjetga tushadigan mablag‘larning 10 foizi, shuningdek, mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining kamida 5 foizi maqsadli yo‘naltirilishi ko‘zda tutiladi;

Toshkent shahrida yashil hududlarni kengaytirish, har bir tumanda bittadan ekobog‘ barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

2027-yil 1 yanvardan ko‘p kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda “Shaffof qurilish” tizimida beriladigan ruxsatnoma “Uy-joy” yagona raqamli urbanizatsiya platformasida idoralararo integratsiya asosida avtomatik ravishda shakllanadi.

Chat