Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash darajasini oshirish, jumladan, 2026-yilda paxtani mashinalar yordamida terib olish ulushini 70 foizgacha etkazish etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yilda qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridini moliyalashtirish uchun davlat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan tijorat banklari orqali 400 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘lar yo‘naltirilishi ta’minlanadi.
Tijorat banklari barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari xaridi uchun 10 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bank asosiy stavkaga 4 foiz bank marjasi bilan milliy valyutada kreditlar ajratadi.
2026-yildan imtiyozli kredit va lizing shartlari asosida etkazib beriladigan paxta va g‘alla kombaynlari bo‘yicha kredit va lizing to‘lovlarini to‘lash muddati ushbu texnikalarni xarid qiluvchilar uchun yiliga 2-marta 31-yanvar hamda 31-iyulь sanalari etib belgilandi.