Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22 marta o'qildi

“Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–103-son, 13.03.2026-y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

► har 2 yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini o‘qitib borish imkonini yaratish;

► yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish.

Qarorga bilan Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (Institut) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi.

2026-yil 1 apreldan boshlab Institutda quyidagi kurslar tashkil etiladi:

► vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlarini yuritish, statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va ochiq ma’lumotlar portali bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun har 2 yilda shartnoma asosida 48 soatgacha bo‘lgan malaka oshirish kurslari;

► statistika hisobotlarini taqdim etuvchi sub’ektlar, jumladan, tadbirkorlar uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari.

Chat