Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
► sport sohasini moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlari va muqobil moliyalashtirish manbalarini joriy etish;
► sport sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar yo‘naltirilishini markazlashtirish, byudjet mablag‘lari hajmini kengaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish.
Qarorga ko‘ra, Sport vazirligi huzurida Sport sohasida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.
2026-yil 1 apreldan:
► sport federatsiya (uyushma)si faoliyati bilan bog‘liq yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘i kiritgan tadbirkorni sport federatsiya (uyushma)larining ijro organlariga kiritish yo‘lga qo‘yiladi;
► professional futbol klublari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘i kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti joriy etiladi.
2026-yil 1 apreldan 2029-yil 1 aprelga qadar bo‘lgan davrda Superliga va Proligada ishtirok etuvchi futbol klublari futbolchilari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi hamda ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.