Ushbu Nizom “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi faoliyatini olib borish, yuridik shaxslarni maxsus zona rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Maxsus zonaning hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.
✅ Faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar rezident bo‘lishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza taqdim etilgan kundan boshlab 30 kun ichida qabul qilinadi.
✔️ Maxsus zona hududida mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimidan olinadigan elektr energiyasidan foydalanishga ruxsat etiladi.
Bunda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o‘suvchi koeffitsient qo‘llaniladi.