“Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 25.05.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni ta’minlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
► 2027 yildan respublika hududlarida 5 ta sel-suv omborlarini qurish;
► sel-suv omborlarini qurish hisobiga:
▪️ Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar er maydonlarining suv ta’minotini yaxshilash;
▪️ Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toshkent viloyatida 300 gektar yangi erlarni o‘zlashtirish.
✅ 2027–2030-yillarda quriladigan sel-suv omborlarining manzilli dasturi (Dastur) tasdiqlandi.
Sel-suv ombori va uning inshootlari, karьerlar va qurilish maydoniga tushgan er uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi belgilandi.
Bunda jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan mulkiy zararlar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi.