Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 30 marta o'qildi

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasi zamonaviy turistik ko‘chaga aylantiriladi. Loyihani amalga oshirish uchun 5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.


Poytaxt hokimi tomonidan 3-iyunь kuni imzolangan qarorga muvofiq, mazkur ko‘cha sutka davomida — 24 soat faoliyat yuritadigan turistik maskan sifatida tashkil etiladi.

Loyihani moliyalashtirish uchun Tashkent City Development Fund mablag‘lari hisobidan 5 mlrd so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda zamonaviy shahar infratuzilmasini yaratishga sarflanadi.

Avvalroq Sergeli tumanida gastronomik ko‘cha tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Yangi loyiha mazkur hududning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Chat