Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 33 marta o'qildi

Avtobus va BYD haydovchilari tez-tibbiy yordam xodimlari hamrohligida 1-sonli klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Bugun, 2-iyun kuni soat 15:28 atrofida Toshkent shahar Mirobod tumanida Yutong yo‘lovchi tashuvchi avtobusi va BYD avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasini sodir bo‘ldi.

"Toshshahartrans" AJ Matbuot xizmatining yozishicha BYD haydovchisi chorrahada svetaforning ta’qiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanishi natijasida avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus haydovchisi K.D. va BYD haydovchisi tez-tibbiy yordam xodimlari hamrohligida 1-sonli klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

Chat