Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20 marta o'qildi

Yo‘l rekonstruktsiya qilinib, pullik yo‘lga aylantirilgach, Toshkentdan Chorvoq suv omborigacha bo‘lgan yo‘l vaqti 1 soat 20 daqiqadan 35 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.


Avvalroq Toshkent viloyatida 4R12 Bektemir - Chirchiq - G‘azalkent - Chorvoq avtomobilь yo‘lining 6-77-kilometrlarini rekonstruktsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida yozgan edik. Rekonstruktsiya yo‘l qoplamasini asfalьt-beton standartigacha yangilashni, shuningdek, yo‘lni pullik yo‘lga aylantirishni o‘z ichiga oladi.

Mahmudov Qatarning Protocol Capital Group kompaniyasi va Janubiy Koreyaning Korea Expressway Corporation kompaniyasi vakillari bilan Toshkent-Chorvoq pullik avtomobilь yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida loyihaning texnik va investitsion masalalari, yo‘l infratuzilmasini zamonaviy talablarga muvofiq rivojlantirish, shuningdek, mintaqaning transport salohiyatini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Loyiha doirasida 52 kilometr uzunlikdagi avtomobilь yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirish uch yilga mo‘ljallangan.

Yo‘l foydalanishga topshirilgach, Toshkentdan Chorvoq suv omboriga borish vaqti hozirgi 1 soat 20 daqiqadan 35 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Bu aholi uchun harakatlanish qulayligini oshirish, shuningdek, transport yukini kamaytirish va yo‘llarda tirbandliklarning oldini olishga yordam berishi kutilmoqda. Bundan tashqari, loyiha Chorvoq hududining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Chat