Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 63 marta o'qildi

Adliya vazirligi Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3515-2, 2026-yil 2-iyun).


Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:
 
► endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim bo‘yicha belgilanadi;
 
► bakalavriatning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abiturientlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
 
► pedagog xodimlarga ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati hisobga olinadi;
 
► kasbiy ta’lim tashkilotlarining pedagoglari xorijiy tilьda maxsus fanlarni o‘qitganligi uchun ularning lavozim maoshiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi;
 
► o‘qituvchilariga Digital SAT sertifikatining matematika bo‘limidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama belgilanadi;
 
► umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ustama beriladi.

Chat