Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 173 marta o'qildi

“Avtomobilь transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–251-son, 07.07.2026-y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini (samosvallardan tashqari) 2027-yil 31 dekabrga qadar O‘zbekistonga import qilishda ularga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imining 0 stavkalari qo‘llanilishi belgilandi:

♦ "Evro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 21, 8701 22, 8701 23, 8701 24);

♦ to‘la vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida 76 metr kub bo‘lgan yarim tirkamalar (TIF TN kodi 8716 39).

✅ Avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 3 yil mobaynida eksportga realizatsiya qilinganda va/yoki qayta jihozlash TIF TN kodi o‘zgarishiga olib kelganda, yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda tegishli to‘lovlar belgilangan tartibda undiriladi.

Chat