Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish taklif etilmoqda.
Hujjatga muvofiq, quyidagi holatlarda yangi hujjat ma’muriy javobgarlikka tortmasdan rasmiylashtirilishi rejalashtirilgan:
Bunday holatlarda yangi hujjat ma’muriy jazo qo‘llanilmagan holda, ammo davlat boji oshirilgan miqdorda to‘langanidan so‘ng berilishi taklif etilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yilning oktyabrь oyiga qadar mazkur masala yuzasidan tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, pasport yoki ID-kartani yo‘qotganlik uchun 1 BHM miqdorida jarima belgilangan.