Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 81 marta o'qildi

Adliya vazirligida Avtomobilь yo‘llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3904, 20.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


Ushbu nizom avtomobilь yo‘llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlashda bajarilgan ishlarning, yo‘l qurilishiga oid hujjatlarga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinovlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Mazkur hujjatda quyidagi masalalar belgilangan:

♦ bajarilgan ishlarning sifati ustidan pudrat tashkiloti tomonidan doimiy ravishda laboratoriya nazorati ta’minlanadi;

♦ pudratchining o‘zida sinash laboratoriyasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, shartnoma asosida jalb etiladi;

♦ buyurtmachi tomonidan avtomobilь yo‘llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlashda bajarilgan ish hajmlarini pudrat tashkilotidan qabul qilib olishda yo‘l qurilishiga oid hujjatlarga muvofiqligi va sifati ta’minlanganligini aniqlash uchun sinash laboratoriyasi jalb qilinadi;

♦ buyurtmachi tomonidan tomonidan jalb etiladigan sinash laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lishi va uni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;

♦ buyurtmachi tomonidan pudrat tashkilotining sinash laboratoriyasini yoki u tomondan jalb etilgan sinash laboratoriyasini jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat