Yuridik kuch — normativ-huquqiy hujjatning majburiylik darajasi va boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan ustuvorligini ifodalaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi ularni qabul qilgan organning vakolati, hujjatning turi va qonunchilikda belgilangan o‘rniga qarab aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va mamlakatning butun hududida qo‘llaniladi.
Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchiga ko‘ra quyidagi tartibda qo‘llaniladi:
Quyi yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjat yuqori yuridik kuchga ega hujjatga muvofiq bo‘lishi shart.
Vazirlik, idora yoki mahalliy davlat hokimiyati organi o‘z vakolatidan tashqari masala bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi mumkin emas.
Qonunosti hujjati bilan qonun darajasida tartibga solinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha yangi huquqiy normalar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.