Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 120 marta o'qildi

Umumiy qoida

Normativ-huquqiy hujjat, agar uning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kuchga kirish — normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash va uning talablarini bajarish majburiy bo‘la boshlaydigan vaqt.

Hujjatning o‘zida:

  • aniq sana;
  • rasmiy e’lon qilingan kundan keyingi muayyan muddat;
  • alohida modda yoki normalar uchun boshqa sana belgilanishi mumkin.

Rasmiy e’lon qilinmagan hujjat qo‘llaniladimi?

Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy e’lon qilinishi uni qo‘llashning muhim sharti hisoblanadi.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda majburiyatlariga daxl qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilinmasdan qo‘llanilishi mumkin emas.

Tadbirkorlikka oid yangi talablar qachon kuchga kiradi?

Tadbirkorlik faoliyati tartib-taomillarini murakkablashtiradigan, tadbirkorlarga yangi majburiyatlar yuklaydigan yoki yangi javobgarlik choralarini belgilaydigan hujjatlar rasmiy e’lon qilingan kundan kamida uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Hujjat orqaga qaytish kuchiga egami?

Umumiy qoidaga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular kuchga kirganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qonunchilikda shaxsning ahvolini engillashtiradigan yoki javobgarlikni bekor qiladigan holatlar uchun istisnolar belgilanishi mumkin.

Chat