Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24 marta o'qildi

Agentlikka murojaat qilish

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Agentlikka:

  • pora talab qilish yoki taklif etish;
  • mansab vakolatidan shaxsiy manfaatda foydalanish;
  • davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi;
  • davlat organidagi korruptsiyaviy xavf;
  • ochiqlikka oid qonunchilik buzilishi;
  • korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar haqida xabar berish mumkin.

Xabarda imkoni boricha hodisa joyi va vaqti, ishtirok etgan shaxslar, tashkilot nomi hamda tasdiqlovchi hujjat, foto, audio yoki boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Muhim: shaxsning aybdorligi faqat qonunda belgilangan tartibda aniqlanadi. Bila turib yolg‘on xabar berish yoki shaxsni dalilsiz ayblash javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Manzil va aloqa ma’lumotlari

Jinoyat sodir etilayotgan bo‘lsa yoki tezkor aralashuv zarur bo‘lsa, 102 raqamiga yoki prokuraturaning 1007 raqamiga ham murojaat qilish mumkin.

Agentlik Prezidentning 2020-yil 29-iyundagi PF–6013-son Farmoni asosida tashkil etilgan. Uning faoliyatini tashkil qilish choralari PQ–4761-son qarorda belgilangan.

Chat