Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish, tekshiruvlarni qisqartirish, moliyaviy javobgarlikni engillashtirish hamda biznes yuritish uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratishga qaratilgan qator yangiliklar belgilandi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinadi.
Bunda jinoyat ishi doirasidagi, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) hamda tadbirkorlik sub’ekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno.
Moratoriy davrida qonunchilikda nazarda tutilmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi, bunga yo‘l qo‘ygan shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, Biznes-ombudsman tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri o‘tkazilib, nazorat organlarining oxirgi 3 yillik tekshiruv materiallari o‘rganiladi. Noqonuniy tekshiruvlar aniqlansa, tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi.
2027-yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy jarimalar qo‘llashda “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi.
Birinchi marta qoida buzgan, biroq fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i yoki o‘zgalar mulkiga zarar etkazmagan tadbirkorga darhol moliyaviy jarima qo‘llanmaydi. Unga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida bir yil davomida o‘tkaziladigan har qanday takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi. Kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
2027-yil 1 yanvardan 2028-yil 31 dekabrga qadar o‘rta va yirik tadbirkorlar uchun huquqiy eksperiment joriy etiladi.
Unga ko‘ra, tadbirkor auditorlik tashkilotini jalb qilgan holda soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi hamda to‘lanishini tashabbus tarzida auditdan o‘tkazishi mumkin.
Auditorlik xulosasi soliq organi tomonidan tan olinganda:
2026-yil 31 dekabrga qadar kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra:
Shuningdek, 2026-yil 1 yanvarga qadar shakllangan ayrim ma’muriy va moliyaviy jarimalarning to‘lanmagan qismi hisobdan chiqariladi.
Avval rasmiylashtirilgan mehnat shartnomalarini Yagona milliy mehnat tizimiga kechiktirib kiritishga ruxsat beriladi va buning uchun jarima qo‘llanmaydi.
Davlat organi va tadbirkor o‘rtasidagi ommaviy-huquqiy munosabatlarda “tadbirkorlik sub’ektining haqlilik prezumptsiyasi” amal qiladi.
Davlat organi aksi isbotlanmaguncha tadbirkor qonunchilikka muvofiq harakat qilgan va o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.
Davlat organining tadbirkorga nisbatan qo‘llagan huquqiy ta’sir chorasi yoki qabul qilgan qarorining qonuniyligi, asoslanganligi va mutanosibligini, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilganini isbotlash majburiyati davlat organi zimmasiga yuklatiladi.
Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqliklar va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar etarli emasligi sababli yuzaga kelgan shubhalar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi.
Farmonga muvofiq:
2027-yil 1 yanvardan O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatgan xizmatlariga QQSning nolь stavkasi qo‘llanadi.
Shuningdek, yulduzli mehmonxona uchun subsidiya olishda uning toifasini tasdiqlash uchun xorijiy kompaniya xulosasini olish talabi bekor qilinadi.
Farmon bilan qiymati BHMning 400 baravaridan oshadigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi.
Mazkur chora-tadbirlar tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, davlat nazoratini maqbullashtirish va biznes yuritish uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.