Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9791 marta o'qildi

Noto‘g‘ri yo‘nalishdagi poezdga chiqilganda

Yo‘lovchi chiptasida ko‘rsatilgan yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishdagi poezdga adashib chiqqanini aniqlasa, poezdni eng yaqin stantsiyada tark etishi kerak.

Bunday holda poezd brigadiri dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma yo‘lovchiga asosiy o‘tirish stantsiyasiga bepul qaytish huquqini beradi.

Noto‘g‘ri yo‘nalishdagi poezdga adashib chiqqan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi.

Yo‘lovchi vaziyatni aniqlagan zahoti vagon kuzatuvchisi yoki poezd brigadiriga xabar berishi lozim.

Chiptadagi sanadan oldingi poezdga chiqilganda

Chiptada ko‘rsatilgan sanadan oldingi poezdga chiqqan yo‘lovchi poezddan majburan tushirilmaydi.

U poezd etarlicha vaqt to‘xtaydigan yo‘ldagi birinchi stantsiyada:

  • avvalgi chiptasini qaytarishi;
  • o‘zi ketayotgan poezdga yangi chipta rasmiylashtirishi kerak.

Foydalanilmagan avvalgi chipta uchun pul belgilangan umumiy tartibda qaytariladi.

Yangi chipta rasmiylashtirilmasdan safarni davom ettirish yo‘lovchining chiptasiz deb hisoblanishiga olib kelishi mumkin.

Yuqori toifadagi vagonga chiqilganda

Yo‘lovchi chiptasi unga yuqori toifadagi vagonda yurish huquqini bermasa, bu holatning o‘zi uchun jarima undirilmaydi.

Yo‘lovchi:

  • chiptasiga mos vagonga o‘tishi;
  • yoki bo‘sh joy mavjud bo‘lsa, belgilangan qo‘shimcha haqni to‘lab, shu vagonda qolishi mumkin.

Chipta noto‘g‘ri rasmiylashtirilganda

Agar chipta tashuvchining rasmiylashtirish texnologiyasi buzilishi sababli noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, chipta olib qo‘yilib, poezd brigadiri tuzgan dalolatnoma bilan xizmat tekshiruviga yuboriladi.

Bunday holatda yo‘lovchi manzil stantsiyasigacha safarini davom ettiradi.

Adashib boshqa poezdga chiqilganda harakat qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan belgilangan.

Chat