Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 25714 marta o'qildi

Mehnat haqining miqdori ish beruvchi va xodimning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha belgilanadi.

► Mehnat haqi xodimning ishlagan davri va bajargan ishi uchun beriladi.

Mehnat haqining eng kam miqdori

Mehnat haqining shakli (natura va pul ko‘rinishida)
  • Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi. Mehnatga haq, qoida tariqasida, pul shaklida to‘lanadi. Mehnat haqini natura shaklida to‘lash taqiqlanadi (istisno sifatida qishloq xo‘jaligi vakillari xodimlarga mehnat haqini o‘zlari etishtirgan va qayta ishlangan mahsulotlar bilan (natura) to‘lashi mumkin).
  • Xodimlarga ish haqi ular ishlayotgan joyda to‘lanadi.
  • Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘laganlik uchun mansabdor shaxslarga ma’muriy jarima belgilangan.

Ortiqcha to‘langan ish haqini qaytarish
  • Ish haqi hisob-kitobdagi xato natijasida ortiqcha to‘langan bo‘lsagina xodim tomonidan qaytariladi. Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan ortiqcha to‘lovlar qaytarilmaydi.

Mehnatga haq to‘lash muddatlari
  • Mehnatga haq to‘lash muddatlari har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Qoida tariqasida har oyning 15 sanasida avans to‘lovi, keyingi oyning 5 sanasigacha oylik maosh beriladi.

Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish
  • Mehnatga haq to‘lash shartlari xodimning roziligi bilan yoki roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin.
  • Mehnatga haq to‘lashning shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda xodimning roziligisiz mehnatga haq to‘lash shartlari o‘zgartirilishi mumkin:

  • texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi natijasida avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;
  • qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin ogohlantiriladi.

Mehnat haqidan ushlab qolish

Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin.

  • belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
  • sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
  • oldindan berilgan maqsadli pullar bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;
  • mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun;
  • xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun;
  • intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.

Tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsientlari va ustamalar belgilanadi.

Chat