Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9 marta o'qildi

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

18 yoshga to‘lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular 18 yoshga to‘lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi kerak.

18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, er osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

Chat